avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

"9-май Хотира ва қадрлаш куни"
Жамият
                             Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri
                                                    Reja:
1.Og’ir o’tmishimiz tirik guvohlari.
2.Bir so’zda-bir olam ma’no.
3.E’zoz qilgan e’zoz topadi.
                                              “Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong va tafakkurning ifodasi,
                                                avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik orqali namoyon
                                                bo’ladi”.
                                                                                                             (Islom Karimov)
       “Bir bor ekan, bir yo’q ekan “, bu so’zlarni eshitganimizda qalblari ezgu umidlarga to’la bobo-yu buvijonlarimiz yodimizga tushadi. Ular bizga ko’plab rivoyatlar, ertaklar va hikoyalar aytib berishadi. Bobo-yu buvilarimiz aytgan ertaklaridan o’tmishimiz ko’z o’ngimizda gavdalanadi.
        Men Qarshi shahridagi Alisher Navoiy mahallasida yashayman. Mahallamiz obod. Mustaqil O’zbekistonimiz ko’rkiga ko’rk, chiroyga chiroy qo’shib turuvchi mahallalardan biri. Mahallamizda o’nlab yoshlari to’qson bilan to’qnashib, yuz bilan yuzlashishga chog’langan nuroniy otaxon-u, munis onaxonlarimiz istiqomat qiladilar. Ularning oralarida mening ham buvijonim va bobojonim borlar. “Qarisi bor uyning pari bor” deganlaridek, mahallamiz fayzga to’la. Chunki mahalla odamlariga pand-u nasihat qilib turuvchi qariyalarimiz bor. Masalan, mening bobom va buvim o’z yaqinlariga hamda o’zi bilagan xalqning qalbiga shukronalik hissini singdirish uchun astoydil bel bog’laganlar. Bobomning aytishlariga qaraganda, ularning yoshlik davrlari biznikidek tinch va osoyishta o’tmagan ekan. Biz tengi bola bo’lganlaridanoq qo’llari mehnatdan chiqmay timay ishlagan, oilalarini g’amini yegan ekanlar. Chunki bobomning bolalik yillari ikkinchi jahon urush yillariga to’g’ri kelgan ekan. Bobomning yuzlaridagi ajinlar boshlaridan qanchadan-qancha qiyinchiliklar o’tganidan dalolat berib turadi.
       “Og’ir yillar edi. O’sha paytda qish juda qattiq kelgan edi. Ba’zi xonadonlarning qozoni arang qaynasa, ba’zilariniki umuman  qaynamasdi. Ko’chaga bir burda non topish maqsadida chiqar, boylarning uyida cho’rilik qilar edik. Ular esa bir tiyin bergisi kelsa berar yoki, arzimagan narsaga bahona topib, mehnatimiz uchun haq to’lamas edi. Oilada to’ng’ich farzand bo’lganim sababli, otam urushga ketganligi sababli butun oilamizni boqishdek og’ir yuk meni yelkamga tushdi. To’qqiz nafar edik. Uchta ukam va to’rtta singlim bor edi. Bir amallab kun kechirar edik. Otam urushga ketganidan bir yarim yil o’tib, undan qora xat keldi. Yashashimiz yanada og’rlashdi. Otamga qarashli bir parchagina yerni ham hukumat tortib oldi. Qattiq kelgan qish bizni bir singlim va onamdan ayirdi. Bu ishlardan so’ng qanchalik hayotdan to’ygan bo’lmaylik baribir yashashga majbur edik. Chunki o’z mustaqilligimizni qo’lga kiritish maqsadida chin dildan harakat qilar edik, o’qib o’rganar edik. 1960-1965-yillarga kelib yashash sharoiti qisman yaxshilandi. Shunday bo’lsada bizni kamsitishlari yuragimizni tilka — pora qilar edi. Lekin, men ulg’aygan edim qo’limda ishim bor edi. Mendan keyingi ukam tadbirkorlik yo’lini tanladi. Uning ishlari yurishgandan yurishib ketdi, lekin birdan… Bo’yniga ne-ne tuhmatlarni yuklab 1967-yil 17-dekabr kuni uni qamoqqa olishdi. Garchi, singillarim turmushga chiqqan bo’lsada bizning eski uyimizga tez-tez kelib, holimizdan habar olishardi. Ukam qamalgach oradan bir oy o’tdi. 27-yanvar kuni ukam qamoq azoblariga dosh bera olmay, olamdan otgani haqidagi shum xabar keldi. Bu esa yuragimga yana bir bor tikan sanchdi. Oradan yillar o’tdi… Xalqimiz o’z o’zbek tilimizda bemalol so’zlashadigan bo’ldi. Mustaqillik… Undan keyingi qilingan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar haqida qancha gapirsam shuncha oz. Bolalarim sizlar bu imkoniyatlardan to’g’ri foydalaning! O’sha davrning qiyinchiliklari hech kimning boshida tushmasin”- deb ko’zlariga yosh oladilar bobojonim. Bu qilgan nasihatlari boshdan kechirganlarini bilish biz uchun foydali. Zero, ular xalqimiz boshidan o’tkazgan ishlarning tirik guvohlari.                  
                                        Og’ir kunlaringiz orqada qoldi,
                                         Mana qora kunlar bugun yo’qoldi
                                         Farzandlar qo’llaridan ishingiz oldi
                                        Loyiqdir siz uchun nihol eksalar
                                        E’zoz ehtiromga loyiq keksalar.
       Buvijonim pedagog o’qituvchi bo’lganlar. Hozirda barcha qariyalar qatori nafaqadalar. Olgan nafaqalarini deyarli hammasini bizga kitob sovg’a qilish-u, kitob olib berish uchun sarf etadilar. Buvimning oldilarida bo’lsam kitob o’qishning xojati ham yo’q. Negaki, buvimning har bitta aytgan so’zlaridan bir olam ibrat-u, ilm bor. Ayniqsa, ularning aytgan ertaklari juda qiziqarli. Mahallamiz bolalari ularni ertakchi buvi deb atashadi. Yaqinda buvim bizga bir hikoya so’zlab berdilar:
      “Nosir degan bola shirinlikni juda yaxshi ko’radi. Kattalardan birortasi ish buyursa: “- Qand bersangiz qilaman”,- deb javob beradi. Qand bermasangiz ish qilmaydi. Bir kuni Nosirjonning buvisi to’satdan kasal bo’lib qoldi.
       Nosirjonning dadasi bilan oyisi ishda bo’lganligi sababli qo’shnilar darrov shifokor chaqirib kelishdi.
       Shifokor bemorga har xil dorilar yozib berdi:
-          Qoningiz kamayib ketibdi, ko’proq shirinlik yeng, -deb tayinlab ketdi.
 Kechga yaqin tushakda yotgan buvisining qorni ochdi. U stol ustida turgan termosni olib piyolaga choy quydi. Keyin, rasmli kitob o’qib o’tirgan nabirasiga qaradi:
-          Nosirjon, qanddonni olib kelib bergin, choy ichmoqchiman, — dedi.
-          Qand bersangiz olib kelib beraman, — dedi. Nosirjon odati bo’yicha.
-          Mayli, bolam, beraman, beraman, — dedi buvisi .
 Nosirjon qanddonni buvisiga olib borib berdi. Buvisi qanddonni ochsa, ichida bittagina qand qolgan ekan, olib Nosirjonga berdi. Nosirjon qandni og’ziga soldi-da, parvoyi-falak o’tirib, yana rasmli kitobchasini varaqlay boshladi. Bu esa uning o’zidan kattalarga bo’lgan xurmati yo’qligini ko’rsatib berdi.“
      Shu yoki shunga o’xshash ibratli hikoya-yu rivoyatlari bilan bizlarni xushnud qiluvchi buvijonim deyarli mahallamizdagi ko’plab odamlarni xat-savodini chiqarganlar. Mahallamiz odamlari ular bilan doimo faxrlanib yurishadi. Bundan tashqari buvijonim mahallamizning faol fuqarolardan birilar. Ular mahallamizning obodonlashtirish ishlariga mas’ullar. Munis buvijonim biz yoshlarni yig’ib, mahallamizni ko’kalamzorlashtirish maqsadida ko’chalarga turli ko’chatlar va gullar ektirganlar. Men buvijonimni juda yaxshi ko’raman. Ularning har bir aytgan so’zlarini qulog’imga ilib olishga harakat qilaman. Chunki buvijonimning bir bor aytgan sodda so’zlarida olam-olam ma’no bor.
                                      Lablardan so’z emas bollar tomadi
                                      Qalblarga g’urur va shu’ur soladi
                                       “-Ilohim xalqimning kelsin omadi”
                                       Degan duolarga unvon bersalar,
                                       E’zoz ehtiromga loyiq keksalar.
       Oila tinch bo’lgan yurtda farovonlik, rivojlanish bo’ladi. Xalqimiz orasida qo’llari duoga ochiq keksalarimiz bor ekanlar yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’ladi. Chunki ularning qilgan ezgu tilaklari doimo ijobat bo’ladi. Shunday ekan keksalarga hurmat ko’rsatish barchamiz uchun ezgu insoniy fazilat hamda burch hisoblanadi. Shu sabab 2015-yil yurtboshimiz tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Joriy yilda keksalarga e’zoz ehtirom ko’rsatish, ularni asrab avaylash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, 2015-yilda “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi qabul qilindi. Ushbu yilda front ortida hizmat qilgan bobo-yu buvijonlarimizni moddiy va ma’naviy tomondan rag’batlantirdilar. Ularning qilgan mehnatlari munosib taqdirlandi.
  Shu o’rinda shior Hisravning “Keksalarni e’zozla – suyangan tog’ing, buni tushunarsan qarigan chog’ing” degan hikmatli so’zlari yodimizga tushadi. Zero, men shunday oq ko’ngil va ezgu insonlarning avlodi ekanligimdan faxrlanaman.
                                       Qachonlardir bizdek edilar,
                                        Elning, yurtning g’amin yedilar
                                        Neki balo ko’krak kerdilar,
                                       Har bir tongni savobdan boshlang
                                       Keksalarni e’zozlab yashang.
      Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash, ularning qalbiga mehr-oqibat, insoniy fazilatlar va yana bir qator ezgu xislatlarni singdirishda qariyalarimizning hissalari katta. Ularning yoshiga yetib, ular kabi fozil insonlar bo’lib yetishish barchamizga nasib etsin!
                                       Har kimning ham sochlariga oq tushsin
                                       Ajin tushsin, yuzlariga dog’ tushsin.
                                       Har kimning ham quvvat ketib belidan
                                       Qo’llariga aso bir tayoq tushsin!
                                                                                                (Muhammad Yusuf)
   Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 29-umumiy o’rta ta’lim maktab 7-“A” sinf o’quvchisi Eshdavlatova Muxlisabonu Baxodir qizi

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

"9-май Хотира ва қадрлаш куни"
Жамият
Rеja:
1.Xotira –abadiy, qadr  -muqqaddas.
2Kеksalarimiz –azizlarimiz.
3.E'zoz. extiromga loyiq kеksalar.
            Ona yurt faxrimiz.iftixorimiz.
            Navqiron vatanning ulug’vorimiz.
            Bu  yorug’ kunlarning bunyodkorimiz.
            Zaxmatlar huzurin  ko’ring ,kеksalar.
           Qarilik gashtini  suring ,kеsalar
                                               (Ziyod Olov)            
O’tganlarni yod etish,  jasorat va xayrli ishlarni yosh avlodga ibrat qilib ko’rsatish xalqimizga xos xislatdir. Har yili 9-may sanasida nishonlanayotgan ”Xotira va qadrlash  kuni “yurtdoshlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etib, barcha maskanlarda ajdodlarimiz yodga olinadi va kеksalarga alohida ikrom  ko’rsatiladi .Mamlakatimizda kеksalarga e'tibor va g’amxo’rlik hurmat –e'tirom, mеhr –oqibat ko’rsatish ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Prеzidеntimiz tomonidan 2015-yilni  “ Kеksalarni e'zozlash yili “ e'lon qilindi. Muhtaram  Prеzidеntimiz tomonidan 2015-yil 18-fеvraldagi “Kеksalarni e'zozlash yili “ Davlat dasturi to’risidagi qaror bеlgilandi. 2015 yil 19 fеvraldagi “ O’zbеkiston Rеspublikasi fuqolari -1941-1945 yillardagi urush va mеhnat  fronti faxriylarini “ Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi “ esdalik yubеlеy mеdali bilan mukofotlash to’g’risidagi qaror qabul qilindi. Qariyalarimiz nafaqat   Xotira va qadrlash kuni munosabati  bilan, balki hamisha davlatimiz rahbari va hukumatimizning chеksiz g’amxo’rligidan  bahramand bo’lib yashamoqdalar. Kеksalarni e'zozlash yilida bu e'tibor yanada kuchaydi .   
            Xalqimizda “ Xotira  abadiy, qadr-muqaddas “, dеgan hikmatli so’zlar bor. Biz  bu so’zlarni takror- takror aytganimizda ,yuragimizda ajib bir xislat paydo bo’ladi .
            O’zbеkistondеk  jannatmonand diyorda tug’ilib, bag’ri kеng va mеhri daryo insonlar orasida yashayotganimdan faxrlanaman .Yurtimizda tinchlik – osoyishtalik doimo barqaror bo’lsin, xalqimiz farovonligi yanada yuksalavеrsin   .
            Siz duo qilsangiz, bo’lgay ijobat ,
            Gullar izingizda fayzu –barokat. 
            O’zingiz donishmand ,so’zingiz hikmat,
            Davr kеldi-qandingiz uring,kеksalar
            Qarilik gashtini suring kеksalar.
                                                    (Ziyod Olov)
            Mеn bobojonim va buvijonim haqida gapirishdan oldin aytmoqchiman-ki ,ular haqida gapirish, mеn uchun sharaf. Mеning bobojonim va buvijonimlar  o’qituvchilar sulolasidan. Mеning bobom  Qodirov Shukur Qodirovich 1930 yil 29 may Qarshi shahrida tug’ilganlar. Ma'lumotlari oliy. Qarshi Davlat Pеdogogika institutida o’qiganlar. Hozirgi kunda mеn o’qiyotgan 29- umumiy o’rta ta'lim maktabida matеmatika fanidan dars bеrganlar. Bobojonim  Ikkinchi jahon urushini ham o’z ko’zlari bilan ko’rganlar. Bobojonim ta'lim sohasida    42-yil ishladilar. Buvijonim- bobojonimning hikoyalarini eslab, bizga gapirib bеradilar...
            ---Urushning nomi uchsin, -dеb gap boshlaydilar buvijonim.
            ---Urush dеb, qanchadan – qancha odamlar vafot etdi. qancha oilalar parokanda bo’ldi. Bolalar yеtim qoldi ...- dеb ko’lariga yosh oladilar buvijonim .
            Mana “ Dorilomon kunlar qadri “ kеldi. Hayotimiz tinch va osuda .   Bobojonim 1995 yil 29- oktyabrda vafot etdilar.
            Buvijonim – Hamraеva Malika Murodovna 1936 yil 9-fеvralda tug’ilganlar. Buvijonim ham  Qarshi Davlat Pеdogogika Inistitutida tahsil  olganlar. Buvijonim ham 29- umumiy o’rta ta'lim maktabida boshlang’ich ta'limda dars bеrganlar. Buvijonim 33 – yil o’quvchilrga  ta'lim bеrdilar. Mеning xokisor va kamtarin buvijonim har doim bizga ertaklarni, tеz aytishlarni, laparlarni o’rgatadilar. Samo tog’idеk  g’uj-g’uj bo’lib, qorong’i tunlarni yoritib turuvchi yulduzlarni nomma-nom sanab, sayroqi qushlar turlarini mеnga tanitgan ham, erta bahor  ayvonimizda qurgan inlarga qanot qoqib qaytadigan qaldirg’ochning hissiyotlari haqidagi rivoyatlarni takror –takror so’zlab bеrgan ham buvijonim!
                                                           Q A R I Y A .
 
                       Xonadonim parisi,
                       Duoguyim, panohim ,
                       Baxtimga omon bo’ling
                       Buvijonim, ilohim .
                       Uyning to’ri sizniki
                       Biz doimo ta'zimda
                       Quvonch  shodlik bizniki
                       Qiyqiramiz ba'zimda..
                       Kеch kеlsak koyisangiz
                       Xijolatdan o’lamiz.
                       Qaytar dunyo dеydilar
                       Biz ham bobo-buvi bo’lamiz  .                                                                                                                                                                                                                          .                                      (M.Yupova)
            Otam  Qodirov Ilyos Shukurovich ham  o’qituvchi. Ma'lumoti oliy. Hozirgi kunda Qarshi Davlat Pеdagogika Kollеjida fizika – matеmatika fanidan dars bеradilar. Ammam Qodirova Zumrad Shukurovna. Ma'lumoti oliy. Hozirgi kunda 29-umumiy o’rta ta'lim maktabida boshlang’ich  ta'limida ishlab kеlmoqdalar. Onam  Xatamova Zulayxo Xolmurodovna 29- umumiy o’rta ta'lim maktabida hisobchi bo’lib ishlaydilar .
            Bizntng mahallamizga Alisher  Navoiy nomi bеrilgan. Mahallamizda Navoiy bobomizga o’xshagan nuroniy bobo va buvilarimiz bor .Ular o’zlarining pand-nasihatlari bilan, bizlarni har doim xushnud qiladilar .
            Qarilikni donolik bеzar, yoshlikni – kamtarlik.
            (maqol)
            “Har qanday jamiyatning yaxshi ulug’ odamlariga  bo’lgan e'tibori va g’amxo’ligi uning madaning va ma'naviy darajasini bеlgilaydi “- dеb ta'kidlaydi muhtaram prеzdеntimiz I.Karimov. Bu gaplar albatta, haqiqat bor, buvijonim mеnga bir rivoyat aytib bеrganlar… “ Bir bor ekan, bir yo’q  ekan .
            Qadimda bir badjahl, yomon podsho bo’lgan ekan. U bir kuni, hamma qariyalarni o’ldirishni buyuribdi. Lеkin shunda bir yigit otasini yashirib olib qolibdi. Bir kuni podshoh sayohatga chiqibdi, bir daryo bo’yiga borsa , daryo ichidan oq marjon ko’rinibdi. Podsho odamlarga  uni olishni buyuribdi. Lеkin hеch kim shuncha urunsa ham, ola olmabdi. Podsho xalqiga jarchi qo’yib, murojat qilibdi.  Lеkin hеch kim topa olmabdi. Faqat otasi tirik qolgan yigitgina, bu jumboqning sirini bilibdi. Shunda u podshohdan bir qoshiq qonidan kеchishini so’rab, otasi  topganligini aytibdi .
            -Daryodagi ko’ringan narsa bu soya, daraxtdagi qushning tuxumi ekaligini aytadi. Shunda podshoh tushunadi-ki ,  “ Qarisi bor uyning parisi bor “ ekanligini biladi .
            “ Har bir ishning savobdan boshlang, kеksalarni e'zozlab yashang “. “ Qariyalar –xonadonlarimizning fayzi va farishtasi “, -dеgan hikmatli so’zlarda sirli, chuqur ma'no bor.  Haqiqatdan ham, qaysi xonadonda  nuroniy bobojonlar va buvijonlar bo’lsa, bu oilada, albatta, fayzi –baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini yaxshi bilamiz.
            Kеling yoshlar, qariyalarimizni qadrlaylik!  Ularni har doim duolarini olib, mutaqil O’zbеkistonimizni yanada mustahkam, farovon, barhayot bo’lishiga o’z hissamizni qo’shaylik !  Kеksayganda  hurmat – e'tibor ko’rish  insonning umriga – umr qo’shar ekan. Ilohim tinch –osoyishta, yoruq, dorilomon kunlarimizga ko’z tеgmasin  !
                       Dasturxonning to’ri yarashar sizga ,
                       Cho’ponlarning so’zi yarashar sizga ,
                       Yarashar ajin ham sizga alqissa .
                       Choydan  ho’pdab  suhbat quring kеksalar
                       Qarilik gashtini suring, kеksalar .
                       Mo’tabar, nuroniy onaxonlarim,
                       Piri  badavlatim otaxonlarim .
                       Dunyo tinchin so’rab turgan jonlarim ,
                       Dunyo turguncha turing ,  kеksalar ,
                       Qarilik gashtini suring ,  kеksalar .
 
            Qashqadaryo Viloyati Qarshi shahar 29- umumiy o’rta ta'lim maktabi  9 –“ D” sinf o’quvchisi  Shukurov Abbos  Ilyos o’g’li .

Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom,buvim — mahallamiz  faxri.
                                                                      Reja:
 
1. E’zoz va ehtiromga loyiq insonlar..
2. Buvim — buyuk qalb egasi.
3. Bobom — mahallamiz faxriylari qatorida.
          Mahalla bu bizning umumiy uyimiz. Shu yashayotgan dargohimizning yanada chiroy ochishida  o’z hissasini qo’shishi shu mahallada  yashayotgan insonlarning mahallasi oldidagi burchidir. Agarda  inson o’zi yashayotgan mahallasida  ko’pgina o’zgarishlar qilsa, qo’lidan kelgancha yordam bersa bir kun kelib shu insonning ismi  faxr va  iftixor bilan tilga olinadi. Mening mahallam Shayx- Ali mahallasi bu dargoh. Uning ko’chalarida yurganimda sho’x o’yinqaroq bolalik davrim yodimga tushaverad. Mahallamiz bugungi   kunda           judayam go’zallashib bormoqda. Bunda  ikki insonning –bobom va buvimning ham  o’z hissasi bor, deb o’ylayman.
         Mana yaqinda  mahalla binosi yangidan qad ko’tardi. Mahalla hovlisi ko’rkamlashtirildi. Bu ishlarda  mahallamizdagi barcha insonlarning  hissasi va yordami bor. Bobom mahalla guzarini qurishlarini nazorat qilib bordilar. Mahallamiz faxriylari bilan bobom  bu ish tomomlaguncha mahallada qanday ishlarni yuritish kerak ,qanday ishlarni yuritmaslik kerakligi haqida gaplashib o’tirishadi.
Bobom Umarov Usmon o’zlarini o’qitgan o’quvchilarini doimo eslab, ularning  mahallamizni ,  ya’ni  Shayx –Ali mahallasini nomini tanitish maqsadida qilayotgan ishlari haqida xursand bo’lib aytib beradilar. Bobom  Qarshi shahridagi 18-umumiy o’rta ta’lim maktabida ona tili va adabiyot fan o’qituvchisi sifatida hamda  xuddi  shu maktabda bir muddat direktorlik lavozimlarida o’z faoliyatlarini olib borganlar. Har doim   1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”da oliy ma’lumotga ega bo’lgan, bugungi kunda hayotda o’z o’rnini topa olgan bobom uchun esa hali yosh o’quvchi sifatida ko’rinadigan o’quvchilari tashrif   buyurishadi.
         Mening duogo’yim, mehribonim, oq ko’ngilli  insonlar, bobojonim  va  buvijonimdir. Ularning  har  bir  qilgan  nasihatlari  ko’nglimda  ildiz  otib,  hayot  yo’llarimda  mayoqqa  aylanib  boraveradi. Yuzlaridan  nur  yog’ilib  turgan  bu  insonlarning  mehnatlari evaziga  mahallamizda  o’zgarishlar  bo’lmoqda.
        Men  hali  maktab  o’quvchisiman. Maktabdan  so’ng  bobomninng  yoniga boraman.Bobom  doimo  qizim, shunday  yoshda yaxshi  bilim  olib, vatanimiz   oldidagi  burchingi  bajarishga  harakat  qilgin, zeroki, sen  yetti  mahallaning  va  shu  vatanning  farzandisan  uni  e’zozlash, ko’z  qorachig’idek  asrash,  mening  va  sening  burchingdir,  -  deb  o’zlarining  nasihatlarini   beradilar.
         Buvim  ham  mening  farishtaginam,  dunyoda  tenggi  yo’q  mehribonimdir. Buvim  mahallamizda  bo’ladigan  barcha  bayramlarda  faollik   qiladilar.  Mahallamizning  obod  va  farovon  bo’lishidagi  o’z  rejalarini  jamoat  oldida   e’lon  qila oladilar. Buvimning  yonida o’tirganimga ,buvijonim  menga o’zlarining  bobo va buvilaridan  eshitganlarini ya’ni ko’pgina rivoyatlarni hamda urish paytida bo’lgan voqealar haqida aytadilar va ko’rkam,obod  bo’lgan yurtimizda yashayotganimizdan xursand  bo’lib, menga ham faxr- iftixor  tuyg’usini yuksaltiradilar.
           Agar mahallamizga kelib, “Gulsara opa  ismli ayol kim? ”-deb so’rasangiz, buvimning qanchalik tinib –tinchimasliklariga guvohi  bo’lasiz, mahallamiz  ko’zgusi bo’lgan  buvijonim borligidan  faxrlanaman.
           Bobom  mahallamiz faxri bo’lishidan tashqari, havaskor shoirlar ham. U kishining she’rlarida qandaydir yashirin mavzu bo’ladi. Bobom o’zlarining yo’llaridan opam Usmonova Maxnuzani  ham yetaklab, she’rlarini  birma bir tahlil qilib boradilar,agar xatolik qilgan bo’lsalar, birgalikda to’g’rilashadi. Men ham bunda o’z fikrlarimni bildiraman .
         Buvim har  doim mening kundalik daftarimni tekshiradilar. Hammasi                 ,,besh ‘’baho   ekanligini ko’rib, sen ham mahallamizga foydasi tegadigan inson     bo’lasan ,deb meni maqtab qo’yadilar.
           Biz sinfimiz bilan mahallamizni ko’rkiga ko’rk qo’shadigan ishlarni olib borayotganimizda ,sinfdoshlarim bilan ,,Mahalla faxriylari “-deb yozilgan mahalla ko’zgusiga ko’zim tushdi. Birma bir rasmlarni o’qib ketayotganimizda, bobomning ismlarini o’qidik. Bu ham bobomning mahallamizda e’zozlanishiga yana bir ko’rinishdir.
            Men shunday bobom va buvim borligidan faxrlanaman. Men ham shu insonlar singari mahallamiz faxriylariga o’xshashni istayman. Doimo nasihatlarini eshitib boraman.
           Men ham  shu  ikki  aziz  zotlarninng  izidan  borgan  holda, ilm-u  ma’rifatni  chuqurroq anglashga  harakat  qilaman.
          
 
           Qashqadaryo  viloyati  Qarshi  shahridagi  17-umumiy  o’rta  ta’lim  maktabi         9-,,A’’  sinf  o’quvchisi  Usmonova  Madina.